«hokim yordamchisi» tegli maqolalar


Hokim yordamchisi Oltinko‘l tumani hokimi bo‘ldi
23 may 2022, 10:34

Hokim yordamchisi Oltinko‘l tumani hokimi bo‘ldi

Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi yordamchisi Maxamadmuso Obidov Oltinko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. U oldinroq Milliy bankning Andijon viloyati filiali rahbari ham bo‘lgan.

Yana bir hokim yordamchisi $300 olayotganda qo‘lga tushdi
13 may 2022, 17:30

Yana bir hokim yordamchisi $300 olayotganda qo‘lga tushdi

Qashqadaryoning G‘uzor tumanida hokim yordamchisi 300 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U mahalliy fuqaroga viloyat tez tibbiy yordam markaziga feldsher bo‘lib ishlashga kiritishni va’da qilganligi aytilmoqda. Tuman hokimiyati «hokim yordamchisi avvalgi ish joyidagi imkoniyati tufayli pora olgani, hozirgi lavozimi unga bunday vakolatlar bermasligini» ta’kidladi.

Andijonda sobiq hokim yordamchisi osilgan holda topilgani aytilmoqda
13 may 2022, 17:24

Andijonda sobiq hokim yordamchisi osilgan holda topilgani aytilmoqda

Marhamat tumani hokimining «Polvontosh» mahallasi bo‘yicha sobiq yordamchisi, 38 yoshli fuqaro o‘z xonadonidagi molxonada osilgan holda topildi. Unga nisbatan tazyiq, haqorat va boshqa noqonuniy harakatlar sodir etilmagani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yana bir hokim yordamchisi pora olayotganda ushlandi
7 may 2022, 10:34

Yana bir hokim yordamchisi pora olayotganda ushlandi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi hokim yordamchisi tadbirkordan 35 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi.

4 sotix yerni $30 mingga sotmoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi va uning sinfdoshi ushlandi
28 aprel 2022, 13:47

4 sotix yerni $30 mingga sotmoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi va uning sinfdoshi ushlandi

Toshkent tumani hokimi yordamchisi va uning sinfdoshi 4 sotix yerni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Nurafshonda esa MCHJ rahbari 2 gektar yerni 500 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. DXX, Bosh prokuratura huzuridag Departament va IIV noqonuniy yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq bir qancha holatlarni aniqladi.

Chust tumani hokimi yordamchisi yer ajratib berish evaziga $15 ming talab qilganligi aytilmoqda
12 aprel 2022, 16:55

Chust tumani hokimi yordamchisi yer ajratib berish evaziga $15 ming talab qilganligi aytilmoqda

Namangan viloyati Chust tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi va yana bir qancha shaxslar fuqaroga 5,3 gektar yerni ajratib berish evaziga 15 ming dollar talab qilganlikda gumonlanmoqda. Ular ushbu puldan 1500 dollar va 5,6 mln so‘mini olganida qo‘lga tushgan.

Zangiota tuman hokimi yordamchisi pora olayotganda ushlandi
6 aprel 2022, 17:35

Zangiota tuman hokimi yordamchisi pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi yordamchisi va kadastr bo‘limining sobiq xodimi 1000 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ular tadbirkorga turar-joy binosi qurish uchun ruxsatnoma va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan.

Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi
7 mart 2022, 12:28

Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi

«Madeli» ovul fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyar Menglibekov Mo‘ynoq tumaniga hokim bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting